Rossiya TIV: Moskva va Boku “soatlarini tekshirib ko‘rdi”

Rossiya TIV: Moskva va Boku “soatlarini tekshirib ko‘rdi”

Ozarbayjon va Rossiya bir qator mintaqaviy va xalqaro mavzularda batafsil “soatlarni sinxronlashtirish”ni amalga oshirdi. Bu haqda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Xalaf Xalafov va Mixail Galuzinning Moskvadagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Rossiya TIV xabarida aytiladi.

“25 may kuni Moskvada Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi doirasidagi Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotlar nuqtai nazaridan ular erishgan barcha uch tomonlama kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi" deyiladi bayonotda.

Xabarda aytilishicha, tomonlar “asosiy jihatdan va ittifoqchilik ruhida” Rossiya-Ozarbayjon hamkorligining holati va istiqbollarini, jumladan, joriy kun tartibidagi eng dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!