Rossiya Tashqi ishlar vaziri Pxenyanga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Pxenyanga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Federasiyasi va KXDR rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida oktyabr oyida Pxenyanga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda “Yonhap” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, tashrif Vladimir Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi ikki davlat munosabatlari va hamkorligini faollashtirish bo‘yicha kelishuvning davomi bo‘ladi.

Nashrning qayd etishicha, Lavrovning tashrifi maqsadlaridan biri Putinning KXDRga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!