Rossiya tashqi ishlar vaziri armanistonlik hamkasbini tanqid qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri armanistonlik hamkasbini tanqid qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyanni tanqid qildi.

Lavrov va Mirzoyanning Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopye shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida olingan qisqa videoda Lavrov Mirzoyanga tanbeh bergani ko‘rsatildi.

"Elchingiz o‘z harakatlarida mustaqilmi va ko‘rsatmasiz ishlayaptimi? - dedi Lavrov Mirzoyanni Armanistonning Venadagi elchisi va OBSE faoliyati uchun tanqid qilib.

Eslatib o‘tamiz, OAV Armanistonning Yevropadagi elchilarining Rossiyaga qarshi harakatlarda faol ishtirok etayotgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!