Rossiya rasmiysi: AQSh BMT Xavfsizlik Kengashida a’zolarning roziligisiz islohotlarni amalga oshira olmaydi

Amerika Qo‘shma Shtatlari BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari va jahon tashkilotiga kiruvchi barcha davlatlarning mutlaq ko‘pchiligining roziligisiz o‘z islohotlarini amalga oshira olmaydi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy ma’lum qildi.
“Amerikaliklar juda yaxshi tushunadilar, jiddiy intervyularida ham tan olishadiki, ular Xavfsizlik Kengashi a’zolari, birinchi navbatda doimiy a’zolar va, qoida tariqasida, Xavfsizlik Kengashining mutlaq ko‘pchiligi roziligisiz Xavfsizlik Kengashini isloh qilish vositalariga ega emaslar.
Ushbu qaror barcha davlatlar tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak. Ayrim davlatlar bu jarayonni chetlab o‘tsa, bu tashkilotning parchalanishiga olib keladi”, dedi u.