Rossiya hukumati RVP berishni 2 baravarga qisqartirdi

Rossiya hukumati RVP berishni 2 baravarga qisqartirdi

Rossiya Federasiyasi hukumati 2022 yilda chet elliklarga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish ikki baravarga kamaytiradi. Bu hamda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan farmoyishdan ma’lum bo‘ldi.

"2022 yilga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya Federasiyasida vaqtincha yashash uchun 18 955 ta ruxsatnoma berish kvotasi belgilansin", - deyiladi hujjatda.

Farmoyishga asosan 2022 yilda chet elliklarga vaqtincha yashash uchun 18 955 ta ruxsatnoma beriladi. 2021 yilda kvota 39 325 ta ruxsatnomani tashkil etgandi.

Qayd etilishicha, 2022 yil uchun eng ko‘p ruxsatnomalar kvotasini Moskva (1,5 ming), Moskva viloyati (1250) va Sankt-Peterburg (600) oldi.

🚔Shu yilning iyul oyida RF Ichki ishlar vazirligi qonun loyihasini ishlab chiqdi, unga muvofiq Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasini bekor qilish va uni yagona elektron hujjat (ID-karta) bilan almashtirish rejalashtirilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!