Rossiya fuqarolarni evakuasiya qilish uchun gumanitar yo‘lak ochadi

Rossiya fuqarolarni evakuasiya qilish uchun gumanitar yo‘lak ochadi

Ukraina harbiylariga qarshilik ko‘rsatishni bas qilish va taslim bo‘lish taklif etilgan.

Rossiya va LXR Qurolli kuchlari 15 iyun kuni Severdoneskdagi “Azot” zavodida ushlab turilgan tinch aholini evakuasiya qilishga oid operasiyani o‘tkazishga tayyor. Bu haqda Rossiya Mudofaani boshqarish milliy markazi boshlig‘i general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi.

“Insoniylik tamoyillariga amal qilib, Rossiya Qurolli kuchlari va Lugans xalq respublikasi guruhlari tinch aholini evakuasiya qilishga oid operasiyani o‘tkazishga tayyor. Buning uchun 15 iyun kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha shimoliy yo‘nalishda (LXRning Svatovo shahriga) gumanitar yo‘lak ochiladi”, - dedi u.

Mizinsevning so‘zlariga ko‘ra, zavoddagi barcha tinch aholini evakuasiya qilish xavfsizligiga kafolat beriladi. Ular gumanitar kolonna tarkibida vaqtinchalik turar joylariga olib borilib joylashtiriladi.

General “Azot” zavodidagi ukrainalik milliy batalyon jangari, xorijiy yollanmalarga har qanday jangovar harakatlarni to‘xtatishni va tinch aholini bu gumanitar yo‘lagi orqali qo‘yib yuborishni taklif qilgan. Shuningdek, Ukraina harbiylariga qarshilik ko‘rsatishni bas qilish va taslim bo‘lish taklif etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!