Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi fuqarolarga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Venesuelaga sayohat qilishdan tiyilishni, turoperatorlarga esa vaziyat barqarorlashgunga qadar sayohat paketi sotuvini to‘xtatishni tavsiya qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Vazirlik ushbu qarorini AQShning Venesuelaga qarshi harbiy operasiyasi va yangi hujumlar uyushtirilishi haqidagi tahdidlar bilan izohladi. Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham sayyohlarga xuddi shunday murojaat bilan chiqqan edi.
“Rossiya turoperatorlari va sayyohlik agentliklaridan Venesuela Bolivar Respublikasiga turistik hamda ayrim xizmatlarni targ‘ib qilish va sotishni vaziyat normallashguniga qadar to‘xtatib turish talab qilinadi”, deyiladi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bayonotida.
Hozirda Venesuelada bo‘lib turgan rossiyalik sayyohlarga o‘ta ehtiyotkor bo‘lish, mahalliy hokimiyat hamda Rossiya diplomatik vakolatxonalarining xabarlarini kuzatib borish va ularning ko‘rsatmalariga amal qilish maslahat berildi.
Rossiya samolyoti 5 yanvar kuni AQSh hujumidan keyin ilk bor Venesuelaga yo‘l oldi. Reys Conviasa aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.