Rossiya elchisi AQSh Davlat departamentiga chaqirildi

Rossiya elchisi AQSh Davlat departamentiga chaqirildi

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov Qora dengiz ustida Amerika uchuvchisiz samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng AQSh Davlat departamentiga chaqirildi.

Bu haqda Amerika tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

14 mart kuni AQSh Yevropa qo‘mondonligi Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz uzra Amerikaning MQ-9 uchuvchisiz uchog‘i parvonasiga urilgani, shundan so‘ng dron suvlarga qulagani haqida ma’lum qildi.

Davlat departamenti voqea yuzasidan Rossiya bilan aloqa o‘rnatish niyatida ekanligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!