Rossiya droni Latviya sharqida halokatga uchradi

Rossiya droni Latviya sharqida halokatga uchradi

Mamlakat prezidenti Edgars Rinkevichsga ko‘ra, 7 sentyabr kuni Latviya sharqida Rossiya harbiy uchuvchisiz samolyoti halokatga uchragan.

Latviya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, hodisa Rigadan 224 km sharqda joylashgan Rezekne viloyatida sodir bo‘lgan.

Latviya Milliy Qurolli Kuchlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, dron Belarusdan mamlakat havo hududiga uchgan. Latviya hodisa haqida NATO qo‘mondonligini xabardor qildi. Dron halokati yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!