Rossiya byudjet xarajatlarining uchdan bir qismini maxfiylashtirgan — Bloomberg

Rossiya byudjet xarajatlarining uchdan bir qismini maxfiylashtirgan — Bloomberg

24 mart holatiga ko‘ra Rossiya byudjetining maxfiy xarajatlari 2,4 trillion rublgacha (31,5 mlrd dollar) oshgan, bu 2022 yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Bu haqda Byudjet tizimining yagona portali materiallariga tayanib, Bloomberg xabar bermoqda.

Xarajatlarning maxfiy qismi Ukrainaga bostirib kirish va uning hududlarini qo‘shib olish bilan bog‘liq xarajatlar hisobiga o‘sgan, deb hisoblamoqda agentlik.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, mudofaa va xavfsizlik xarajatlari eng ko‘p o‘sgan va ijtimoiy dasturlardan keyin ikkinchi o‘rinda turibti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!