Rossiya Bolgariyaga tahdid qilmoqda

Rossiya Bolgariyaga tahdid qilmoqda

Rossiya Bolgariyadagi elchixonasining yopilishi va 28 iyun kuni 70 nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishiga javoban Bolgariya elchilarini Rossiyadan chiqarib yuborish bilan tahdid qilmoqda.

Bolgariya o‘z tarixida hali bunchalik ko‘p Rossiya elchilarini chiqarib yubormagan. Rossiyaning Bolgariyadagi elchisi Eleonora Mitrofanova bu qadamni bekor qilishni talab qilgan, ammo bu talab e’tiborga olinmadi.

"Shu munosabat bilan biz zudlik bilan Rossiyaning Bolgariyadagi elchixonasini yopish masalasini ko‘tarish niyatidamiz, bu muqarrar ravishda Bolgariyaning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasining yopilishiga olib keladi", — deb yozdi Mitrofanova ijtimoiy tarmoqlarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!