Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni yil oxirigacha uzaytirdi
Rossiya hukumati mamlakatdan benzin eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni yana to‘rt oyga — 2024 yil 1 sentyabrdan 31 dekabrgacha uzaytirdi.
Rasmiylar bu qarorni «mavsumiy talab va neftni qayta ishlash zavodlarida rejalashtirilgan ta’mirlash davrida yoqilg‘i bozoridagi barqaror vaziyatni saqlab qolish» zarurati bilan izohlamoqda.
LogiStan avvalroq Rossiya 2024 yilning 1 martidan 1-sentyabrigacha benzin eksportiga taqiq joriy qilgani, keyin esa cheklovlarni 2024 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatib qo‘ygani haqida yozgan edi.
Keyinroq Moskva Rossiya benzinini xorijga yetkazib berishni taqiqlashni 2024 yil oktabr oxirigacha uzaytirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)