Rossiya armiyasi Ukrainada bir kecha-kunduzda yana 1340 nafar askarini yo‘qotdi

Rossiya armiyasining 2022 yil 24 fevraldan 2025 yil 7 fevralgacha bo‘lgan davrda Ukrainadagi jangovar yo‘qotishlari taxminan 846 650 bosqinchini tashkil etdi. Buning ichiga so‘nggi bir kecha-kunduzda halok bo‘lgan yoki yaralangan yana 1340 nafar askar ham kiradi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bu ma’lumotni o‘zining Facebook sahifasida e’lon qildi, deya xabar bermoqda "Ukrinform".
Bundan tashqari, Ukraina himoyachilari dushmanning 9975 ta tankini (+10 so‘nggi kunda), 20755 ta zirhli jangovar mashinasini (+18), 22785 ta artilleriya tizimini (+32), 1271 ta reaktiv yalpi o‘t ochish qurilmasini, 1056 ta havo hujumidan mudofaa tizimini (+1), 369 ta samolyotini, 331 ta vertolyotini, 24301 ta uchuvchisiz uchish apparatini (+116), 3054 ta qanotli raketasini, 28 ta harbiy kemasini, 1 ta suv osti kemasini, 36307 ta avtotransport vositasini (+96) va 3738 ta maxsus texnikasini (+1) yo‘q qildi.
"Ukrinform" xabar berishicha, 6 fevral kuni soat 22:00 holatiga ko‘ra, frontda Rossiya qo‘shinlari bilan 89 ta jangovar to‘qnashuv qayd etilgan.