Rossiya Afrikada o‘zining lizing kompaniyasini yaratishni rejalashtirmoqda

Rossiya Afrikada o‘zining lizing kompaniyasini yaratish niyatida, dedi Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Osmakov.
"Ehtimol, Afrikada ixtisoslashgan Rossiya lizing kompaniyasi yaratiladi", - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Osmakovning aytishicha, hozirda lizing kompaniyasi uchun joy tanlanmoqda.
13 mart kuni Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiya-Afrika konferensiyasida 37 Afrika davlati ishtirok etishini ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)