Rossiya 2024 yildan keyin Xalqaro kosmik stansiyadan chiqib ketmoqchi

Rossiya 2024 yildan keyin Xalqaro kosmik stansiyadan chiqib ketmoqchi

«Roskosmos» ning yangi rahbari 2024 yildan keyin Rossiya Xalqaro kosmik stansiyani tark etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Biroq NASA ning rasmiylari Moskva o‘zining 24 yillik hamkorligini tugatish niyatini rasman bildirmaganini aytishmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi koinot sohasini birgalikda rivojlantirish masalasini ortga surishi mumkin.

Xalqaro kosmik stansiya (ISS) komponenti 1998 yilda ishga tushirilgan. Shu paytdan beri ikki davlat koinotni birgalikda ochib kelishmoqda. Keyinchalik esa unga Kanada, Yaponiya va Yevropadagi ko‘plab davlatlari ham qo‘shilgan edi.

NASA’ ning XKS direktori Robin Gatens esa bu xabarlarni inkor etmoqda.

Bundan avvalroq, NASA va Roskosmos Rossiyaning XKS dagi ishtirokini 2030 yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralarini olib borayotgan edi.

Rossiyaning koinot bo‘yicha sobiq boshlig‘i Rogozin avvalroq, agar Qo‘shma Shtatlar harbiy aloqalarda gumon qilingani uchun qora ro‘yxatga kiritilgan ikki rus kompaniyasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmasa, Rossiya XKSdagi rolini 2024 yildan keyin uzaytirishga rozi bo‘lolmasligini aytgan edi.

Putin 15 iyul kuni Rogozinni koinot boshlig‘i lavozimidan chetlatib, uning o‘rniga sobiq bosh vazir o‘rinbosari Borisovni tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!