Rossiya 2023 yilda 120 mingdan ortiq mehnat migrantlarini jalb qilmoqchi

Rossiya 2023 yilda 120 mingdan ortiq mehnat migrantlarini jalb qilmoqchi

Rossiya 2023 yilda qariyb 124 ming nafar xorijiy ishchilarni jalb qilishni rejalashtiryapti. Rossiya Federasiyasi hukumatining tegishli qarori normativ-huquqiy hujjatlar internet portalida e’lon qilindi.

“2023 yil uchun Rossiya Federasiyasiga viza asosida keladigan xorijiy ishchilar jalb qilish uchun talab 123 ming 943 nafar etib belgilansin”, - deyiladi hujjatda.

Qarorga ko‘ra, xorijiy fuqarolarni eng ko‘p quyidagi ishchi mutaxassisliklar bo‘yicha jalb etish rejalashtirilgan:

tog‘-kon, kapital konchilik, qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan ishchilar uchun kvota – 32 ming 808 kishi;

yirik va kichik sanoat korxonalarining malakali ishchilariga ehtiyoj – 23 ming 664 kishi;

metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoatiga yana 14 ming 343 nafar xorijlik ishchi sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan.

Malakasiz ishchi kuchiga ehtiyoj 7,2 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.

2023 yilda Rossiyaga kirish uchun taklifnomalar va chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish kvotasi bir xil miqdorda – 123 943 kishi etib belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!