Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘lgan Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p surish niyatida “Inter Mayami” klubiga o‘z xizmatlarini taklif qilgani aytilmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Asosiy maqsad — futbolchilar faoliyatining yakuniy bosqichi bo‘lishiga qaramay, barcha davrlarning eng kuchli hujumkor duetlaridan birini shakllantirish.
Mabaning xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p surish uchun Saudiya Arabistonidagi ko‘p millionli shartnomasini sezilarli darajada qisqartirishga tayyor. Bu qaror unga AQShda yangi imkoniyatlar, jumladan reklama loyihalari, shuningdek, “Manchester Yunayted” afsonasi Devid Bekhem bilan yaqin hamkorlik qilish yo‘lini ochishi mumkin. Bundan tashqari, Ronaldu 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalasini ham hisobga olayotgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, xabar 28 dekabr kuni — ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda Hazil kunida (1 aprelga o‘xshash sana) e’lon qilinganini unutmaslik lozim. Shu sababli mazkur ma’lumotning ishonchliligi savol ostida qolmoqda.
Biroq Ronaldu va Messining bir jamoada to‘p surishi haqidagi g‘oya futbol jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otib, ommaviy axborot vositalarida faol muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi “Oltin to‘p” sovrinini 8 bor qo‘lga kiritib, o‘ziga xos rekord qayd etgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi ham aynan Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. “An-Nassr” hujumchisi ushbu mukofotni 5 marta qo‘lga kiritgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.