Ronaldu uslubida golni nishonlamoqchi bo‘lgan futbolchi jiddiy jarohat oldi

Ronaldu uslubida golni nishonlamoqchi bo‘lgan futbolchi jiddiy jarohat oldi

Vyetnam chempionatida “Vyettel” jamoasi futbolchisi Tran Xong Kyen raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, jarohat oldi.

Indian Express nashri xabariga ko‘ra, futbolchi golni portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlamoqchi bo‘lgan, biroq sakrashdan keyin maydonga noqulay yiqilgan. Natijada futbolchining chap tizzasidagi bog‘lami yirtilgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu joriy mavsumda "An-Nasr" klubi safida Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!