Ronaldu "Manchester Yunayted" mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishda davom etmoqda

Ronaldu "Manchester Yunayted" mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishda davom etmoqda

Krishtianu Ronaldu hamon «Manchester Yunayted» mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurmadi.

Portugaliyalik hujumchi ketma-ket uchinchi kun jamoaning mavsumoldi yig‘ilishlarida ishtirok etmadi, deya xabar beradi Goal nashri jurnalisti Jeyms Robson.

Krishtianuning jamoaga qachon qaytishi hozircha noma’lum. «Manchester Yunayted» 8 iyul kuni Tailand va Avstraliya bo‘ylab turga chiqadi. Klubdagilar Ronaldu jamoa bilan birga yig‘inlarda ishtirok etish yo etmasligini bilmaydi.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag kelasi mavsum uchun Ronalduni o‘z rejalariga kiritgan. Biroq futbolchi jamoaning YECHLda o‘ynamasligi va transfer bozoridagi sust harakatdan norozi, shu sababli u o‘ziga boshqa klub topish harakatida.

37 yoshli hujumchi Lissabonda bo‘lib turibdi. U Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurgan.

Ronaldu 2021/22 yilgi mavsum mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!