RFda migrantlarning mehnatiga Rossiya fuqarolari bilan teng ravishda haq to‘lash taklif etildi

RFda migrantlarning mehnatiga Rossiya fuqarolari bilan teng ravishda haq to‘lash taklif etildi

“Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov ish beruvchilarni migrantlar uchun maoshni xuddi shunday lavozimdagi Rossiya fuqarolaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash majburiyatini qo‘yishni taklif qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Partiya yetakchisi, shuningdek, migrasiya oqimining kuchayishi muammosini hal qilish uchun migrantlar tomonidan xorijga jo‘natilgan pul o‘tkazmalari uchun 1 foizlik komissiya joriy etish zarur, deb hisoblaydi.

“Boshqa davlatlarga pul o‘tkazish orqali mehnat muhojirlari Rossiya iqtisodiy salohiyatining zaiflashishiga hissa qo‘shadi”, - deydi Mironov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!