Madridning "Real" klubi PSJ yarim himoyachisi Vitinyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum mobaynida "qirollik klubi"ning tayanch yarim himoya chizig‘i anchagina oqsamoqda. Shu sababdan jamoa aynan shu zaif nuqtani yopish uchun futbolchi qidirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" PSJ xavbegi Vitinyani aynan ushbu pozisiya uchun asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. OAV tomonidan bir necha kunlardan buyon portugaliyalik futbolchining "Real"ga transferi borasida ko‘plab mish-mishlar paydo bo‘lyapti. Hozirda futbolchi parijliklar safida o‘zini baxtli his etmoqda. Vitinyaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. Nufuzli "Transfermarkt" portali 25 yoshli futbolchini 110 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 32ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 10ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Учрашувда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида олий даражадаги ўзаро ишонч ва яқин мулоқотга асосланган муносабатлар анча жадал ривожланиб бораётгани мамнуният билан қайд этилди. Қувонарлиси, 2025 йил икки томонлама ҳамкорлик учун муҳим ва самарали босқич бўлди.