"Real"ga qarshi o‘yin oldidan "Liverpul" juda jiddiy yo‘qotishga uchrashi mumkin

"Real"ga qarshi o‘yin oldidan "Liverpul" juda jiddiy yo‘qotishga uchrashi mumkin

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Chelsi”ga qarshi Angliya kubogi final bahsida jarohat oldi.

33-daqiqada misrlik futbolchini maydon markazida yiqitildi. Shundan so‘ng forvard o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Diogu Jota maydonga tushdi.

"Chelsi"ga qarshi o‘yin Saloh uchun 2021/22 yilgi mavsumdagi 49-si bo‘ldi. 29 yoshli futbolchi joriy mavsumda 30 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!