“Real”ga qaysi futbolchi kerak?

A A A
“Real”ga qaysi futbolchi kerak?

Ayni damda ko‘pchilikning diqqat markazida “Real”ning transfer maqsadlari turibdi. Boisi bu mavsumda “qirollik klubi”ning o‘yinida keskin pasayish kuzatildi, hatto Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqqani ham “Real”ning o‘yini susayganini inkor eta olmaydi. Shu bois ko‘pchilikni Madrid jamoasi yozda kimni xarid qilarkin, degan savol o‘ylantirayotgani tabiiy.

BIRINCHI VARIANT — SALOH

Shak-shubhasiz, “Liverpul” hujumchisi juda iqtidorli. Driblingi joyida, zarbalari ham zargarona. Bunday futbolchi “Real”da bemalol o‘ynab keta oladi. Ammo bir jihatni ta’kidlash kerakki, Saloh — qanot hujumchisi. Agar u “Real”ga o‘tadigan bo‘lsa, Zidanning asosiy muammosi muammoligicha qolaveradi — jamoaga markaziy hujumchi kerak. Ehtimol, bunda fransiyalik mutaxassis Krishtianu Ronalduning orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin, ya’ni portugaliyalik hujumchini markazga qo‘yib, ikki qanotga Saloh va Asensioni o‘ynatish varianti ham bor unda. Ammo ayni damda Ronalduning markaziy hujumda qanchalik muvaffaqiyatli o‘ynay olishi ham topishmoqdek gap. Chunki uning jismoniy imkoniyatlari ayni damda pand berib qo‘yishi mumkin. Axir markaziy hujum chizig‘i ham oson emas, raqiblarning tezkor himoyachilarini ortda qoldirish mushkul ish. Ronalduning bir ustun tomoni bor — bosh bilan harakat qilish. Ammo har doim ham bunga imkon bo‘lavermaydi. Shu bois Zidan tavakkal qilmasa kerak.

Qolaversa, “qizillar” Muhammad Saloh uchun juda ko‘p pul so‘rashyapti, talablari ham katta. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Liverpul” misrlik futbolchi uchun “Real”ning 4 nafar futbolchisi — Keylor Navas, Dani Sebalyos, Lukas Vaskes va Marko Asensiolarni so‘ragan. Vaholanki, Asensio uchun “PSJ” “Real”ga 150 mln yevro taklif qilgandi. Salohning narxi esa 200 mln yevroga teng. Xullas, “Real” yuqoridagi futbolchilar yoki umuman juda katta talab evaziga Salohni xarid qilgandan ko‘ra o‘sha mablag‘ yoki imkoniyatga ikkita-uchta yaxshiroq futbolchi olgani ma’qul. Masalan, Asensioni jamoada olib qolib, Sebalyos va Vaskesning o‘rniga yana bitta yaxshiroq futbolchi olsa bo‘ladi. Shunda Navas ham klubda qoladi. Umuman, Saloh varianti “Real” uchun noma’qulroq bo‘lib turibdi. Shuningdek, misrlik hujumchining o‘zi ham “Real”ga o‘tish ishqida yonayotgani yo‘q.

IKKINCHI VARIANT — NEYMAR

Ayni paytda “PSJ” hujumchisi Neymarning “Real”ga o‘tishi haqidagi xabarlar har doimgidan-da kuchaygan. Xo‘sh, agar Neymar “qirollik klubi”ga o‘tsa, bu qanchalik foyda beradi? Birinchidan, Zidan markaziy hujumchi muammosidan qutuladi, Neymar markazda bemalol o‘ynay oladi.

Qolaversa, braziliyalik futbolchining otasi o‘g‘lining asl maqsadi “Real” bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Ya’ni Neymarning o‘zi ham Salohdan farqli ravishda Madrid jamoasi libosini kiyishga ishtiyoqmand. Ammo bu klubda yaxshigina muammoga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni Neymar jamoada birinchi bo‘lishga o‘rgangan, biz buni “PSJ”da ko‘rdik va ko‘ryapmiz. U bosh murabbiyning boshqa futbolchini o‘zidan yuqori qo‘yishini hazm qila olmaydi. Kavani bilan o‘rtasidagi mojaro ham shu xarakteri tufayli kelib chiqdi. Agar u “Real”ga o‘tsa, shunday muammo yuzaga chiqadi agar Neymar xulqini o‘zgartirmasa. Chunki Zidan Neymar kelgach, Ronalduni ikkinchi darajali futbolchiga aylantirib qo‘ymaydi.

Biroq Florentino Peresga buning ahamiyati yo‘q. U har qanday vaziyatda istalgan futbolchidan manfaat yo‘lida voz kechib keta oladigan inson. Chunki u — biznesmen. Biznesda esa shaxs qadri birinchi o‘rinda turmaydi. Peres uchun Neymarning transferi ham biznes — g‘alabalar, sovrinlar va ularning ortidan keladigan pullar. Shuning uchun ham braziliyalik futbolchining “qirollik klubi” a’zosiga aylanishi imkonsiz holat emas. Ammo ayni haqiqat shuki, Neymarning transferi “Real”ning markaziy hujumdagi muammosini hal qilishi haqiqatga yaqinroq.

UCHINCHI VARIANT — KEYN

Xarri Keyn oxirgi vaqtlarda o‘yini o‘xshab qolgani uchun yulduzga aylangan futbolchi. U barqaror o‘yin ko‘rsatadigan hujumchi emas. Biroq uning “Real”ga mos keladigan jihatlari ko‘p — sof imarkaziy hujumchi, sovuqqon, zarbalari kuchli, golni yaxshi seza oladi. Ammo bizningcha La Ligaga uning to‘liq moslashib ketishi va “Tottenxem”dagi kabi to‘purarga aylanishi biroz mushkulroq. Chunki La Liga — istalgan yulduzni qaytib porlamaydigan darajada yutib yuborish tajribasiga ega.

Ikkinchi tomondan, “shporlar” Keyn uchun shunchalik katta narx so‘rashyaptiki, “Real” hujumchini sotib olishga botinolmayapti. Tan olish kerak, angliyalik hujumchi yetarlicha iqtidorga ega, ammo unga belgilangan narx keragidan ancha yuqori. Hozirgi holatda Xarri Keynning narxi nari borsa 150 mln yevro, lekin “Tottenxem” rahbariyati uni 200 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas, bu chinakam katta mablag‘.

TO‘RTINCHI VARIANT — LEVANDOVSKI

“Bavariya” hujumchisi “Real”ga mos tushadi. U o‘sha “Real” darvozasiga 4 ta gol urganidan keyin barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. Qolaversa, Myunxen klubi ham hujumchini juda qimmat narxlamagan, agar “Real” astoydil istasa 100 mln yevroga Levandovskini xarid qilishi mumkin. Ammo negadir Florentino Peres buni unchalik istamayapti. Aftidan, u polshalik hujumchini “ishlatib bo‘lingan tovarlar” ro‘yxatiga kiritdi, shekilli, undan foyda yo‘q deb hisoblamoqda. Lekin Levandovski hech bo‘lmaganda 2 yil “Real”ga foyda keltira oladi.

Umumiy olganda, “Real” qiziqayotgan hujumchilar soni juda ko‘p. Biz shunchaki ularning orasida ko‘proq mish-mish tarqalganlari haqida fikr bildirdik. Ko‘ramiz, yozda Florentino Peres Zidan bilan birgalikda qanday xaridlarni amalga oshirisharkin? Nima bo‘lganda ham, “Real” bu safar transfer bozorida “portlash” qilsa, ajab emas.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Eronning «ishtihasi» ortib bormoqda

Эрон ўзининг тинчлик келишуви лойиҳасини эълон қилди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

Husanov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов март ойида «Манчестер Сити»да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди ва мукофот топширилгандан сўнг клуб матбуот хизматига қисқа интервью берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

"Barsa" prezidentining "Real" haqidagi bashorati amalga oshmoqda

Мадриднинг «Реал» клуби Ла Лига баҳсида «Жирона»ни мағлуб эта олмади (1:1). Сўнгги вақтларда матбуотда Килиан Мбаппе ўзининг юксак индивидуал маҳоратига қарамай, жамоани кучайтирмаётгани, аксинча, ўйинга дисбаланс олиб кираётгани ҳақидаги гап-сўзлар яна авж олди.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

AQSh Eronga hujum qarori uchun tovon to‘lamoqda

АҚШ армиясининг истеъфодаги подполковниги Дэниел Дэвис фикрича, Вашингтон Эронга қарши ҳужум оқибатларини энди ҳис қилмоқда.

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xominaiyning ahvoli haqida tafsilotlar ochiqlandi

АҚШ разведкаси ва Мудофаа вазири Пит Ҳегсет ҳам Хоминаийнинг "яраланган ва юзи шикастланган" бўлиши мумкинлигини тасдиқламоқда.

Livandagi havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2000 nafardan oshdi

Бу ҳақда Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди.

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

Бу ҳақда АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Uganda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Уганда армияси раҳбари Мухоози Кайнеругаба Исроилни қўллаб-қувватлаш учун 100 минггача аскар юборишга тайёрлигини маълум қилди.

Isroilning Livanga havo hujumida 13 xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reutersга таяниб Ливан президенти Жозеф Аун маълум қилди.

Tramp: AQSh Eron bilan kelishuv buzilsa, eng ilg‘or qurollardan foydalanishga tayyor

Бу ҳақда у New York Postга берган интервьюсида айтган.

Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni e’lon qilindi

Ливанда Исроил ҳужумлари сабаб 1500 нафардан ошиқ киши ҳалок бўлди.

Tramp Eron siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida razvedka rahbari Tulsi Gabbardni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan

Трамп Габбарднинг Конгрессдаги чиқишидан норози бўлган, чунки у ҳарбий сиёсатни тўлиқ қўллаб-қувватламаган деб ҳисобланган.

Rossiyada mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari 19 yilga qamaldi

Россияда мудофаа вазири собиқ ўринбосари Павел Попов 19 йилга озодликдан маҳрум қилинди.

23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi

2026 йил I-чорагида Фармацевтика фаолиятини лицензиялаш ва фарминспекция бошқармаси томонидан талабларни қўпол равишда бузган 23 та дорихонанинг лицензияси бекор қилинди.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ga 48 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensasiya belgilandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик назорат инспекцияси (Экополиция) томонидан Тошкент вилояти ҳудудида навбатдаги экологик назорат рейд тадбирлари ўтказилди.

ChatGPT va OpenAIni Florida universitetidagi otishma uchun qurbon bo‘lganlar oilasi sudga bermoqchi

Бу ҳақда The Times ва бошқа халқаро нашрлар хабар қилмоқда.

Netanyahu Livan bilan darhol muzokara boshlashni buyurdi

Бу ҳақда The Times of Israel хабар берди.

Harbiy jinoyat: 250 nafar odam qirib tashlandi

АҚШ ва Эрон ўртасида 45 кунлик ўт очишни тўхтатиш бўйича келишувга эришилганидан кўп ўтмай, Ливан ҳудудидаги вазият яна кескинлашди.

«Minglab jasadlar»: Eronda urush qurbonlari soni e’lon qilindi

Эрон суд-тиббий экспертизаси ташкилоти раҳбари Аббос Масжиди Аранининг сўзларига кўра, мамлакат АҚШ-Исроил ҳарбий ҳужуми бошланганидан бери 3000 дан ортиқ одам ҳалок бўлган.

Isroil armiyasi Bayrut aholisini uylarini tark etishga chaqirdi

Янги зарбалар кутилмоқда.

Livan Bosh vaziri Pokistondan Isroil hujumlarini to‘xtatishda yordam so‘radi

Наваф Салам покистонлик ҳамкасби Шаҳбоз Шарифга мурожаат қилиб, Ливанни ҳам Эрон билан боғлиқ ўт очишни тўхтатиш келишувига киритишни сўради.

Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan «xufiyona sir» oshkor bo‘ldi

Қозонлар ичига яширилган наркотик моддалар фош қилинди.

AQSH–Eron kelishuvi Livan masalasida to‘siqqa uchradi

АҚШ ва Эрон ўртасидаги ўт очишни тўхтатиш келишуви Ливандаги вазият туфайли издан чиқиши мумкин.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.