"Barsa" o‘z maydonida "Espanyol"ni tor-mor etdi
"Barselona" La Liganing 31-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Kataloniya derbisida "Espanyol"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar safida Ferran Torres dubl qayd etdi (9 va 25-daqiqalar). Shuningdek, o‘yin so‘ngida Lamin Yamal (87-daqiqa) va Markus Reshford (89-daqiqa) o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Mehmonlarning yagona javob to‘piga 56-daqiqada Pol Losano mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Barselona" ochkolari sonini 79 taga yetkazib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Espanyol" esa 38 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Ispaniya La Ligasi. 31-tur
11.04.2026 | 21:30
«Kamp Nou», Barselona
«BARSELONA» — «ESPANYOL» — 4:1
Gollar: Ferran Torres 9 (1:0), Ferran Torres 25 (2:0), Pol Losano 56 (2:1), Lamin Yamal 87 (3:1), Markus Reshford 89 (4:1).
«Barselona»: X. Garsiya, Kubarsi, Martin (Kasado, 46), Balde (Joau Kanselu, 65), Arauxo, Pedri, E. Garsiya, Fermin Lopes (de Yong, 84), Gavi (Reshford, 65), Yamal, Torres (Olmo, 74).
«Espanyol»: Dmitrovich, Kalero, Kabrera, Romero, El Xilali, Gonsales de Sarate, Pol Losano (Pikel, 80), Dolan (Fernandes, 46), Ngonge (Sanches, 64), Eksposito (Terrats, 71), Kike Garsiya (Pere Milya, 71).
Ogohlantirishlar: Gavi (32), E. Garsiya (45), Kasado (49) — El Xilali (32), Eksposito (34), Ngonge (45), Pol Losano (58), Kalero (83), Gonsales de Sarate (90).
