"Real" Asensio borasida "PSJ"dan taklif olmagan

"Real" Asensio borasida "PSJ"dan taklif olmagan

Madridning “Real” klubi qishda o‘z yarim himoyachisi Marko Asensio transferi bo‘yicha “PSJ”dan taklif olmadi. Bu haqda jurnalist Tomas Gonsales ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Hozirda Asensioning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi tugashiga olti oy qoldi. Shundan kelib chiqib, "PSJ" ispaniyalikni yanvar oyida chegirma bilan qo‘lga kiritmoqchi edi. Fransuz klubi “Real”ga yarim himoyachi uchun murojaat qilgan taqdirda ham, “qaymoqranglilar” rad etishi aniq edi.

Asensio Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum yakunida Marko erkin agentga aylanishi va “Real”ni tekinga tark etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!