Ravshan Ermatov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Ravshan Ermatov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

O‘FA vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston sport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.

Bugun Ermatov mamlakat sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan. Bu lavozimda hozirgacha Oybek Qosimov faoliyat olib borayotgandi.

Ravshan Ermatov parallel tarzda O‘FA vise-prezidenti sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi. Ermatov 2019 yil 14 iyundan buyon O‘FA vise-prezidenti lavozimida ishlab keladi. O‘tgan yil 27 noyabrda OFKda maxsus tadbir o‘tkazilgan va unda Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlagani e’lon qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!