Raul boshqa bir ispan klubini boshqarishi mumkin

Raul boshqa bir ispan klubini boshqarishi mumkin

Raul “Kastilya”ni tark etishi mumkin.

Yoz boshida murabbiy “Real” rahbariyatiga “Kastilya”dagi faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgan edi. Biroq vaziyat o‘zgargan.

AS nashrining xabariga ko‘ra, mutaxassis yaxshiroq taklif bo‘lsa, jamoani tark etishi mumkin. Avvalroq “Sevilya” jamoasi Raul bilan aloqaga chiqqan edi. Yaqin orada Raul ushbu klub taklifini qabul qilishi mumkin.

“Real” o‘zining sobiq sardorini qadrlaydi va uning qarorini hurmat qiladi. Agarda Raul “Kastilya”ni tark etsa, uning o‘rnini U-19 jamoasi murabbiyi Alvaro Arbeloa egallaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!