Rasulullohning fayzli uylari

A A A
Rasulullohning fayzli uylari

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z qo‘llari ila, sahobalar bilan birga tuya cho‘kkan joyda masjidlarini bino etib, muborak uylarini qura boshladilar. Onalarimiz yer yuzidagi eng ulug‘ zot bilan birga oila qurib yashayotganlarini juda yaxshi bilishardi. Ularning uylarida insoniyatga qiyomatgacha ikki dunyo saodatini ko‘rsatib beruvchi ilohiy dastur-Qur’oni Karimning oyatlari nozil bo‘lib turar edi. Ular yashab turgan uy oddiy uy emas, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari joriy etilib, hadislari so‘zlanib turadigan fayzli uy edi. Alloh taalo aytadi:

 قال اللّه تعالى: وَاذْكُرْنَ مَا يُتْلَى فِي بُيُوتِكُنَّ مِنْ آَيَاتِ اللَّهِ وَالْحِكْمَةِ إِنَّ اللَّهَ كَانَ لَطِيفًا خَبِيرًا  

 “Va uylaringizda tilovat qilinayotgan Allohning oyatlarini va hikmatini eslang” Ahzob surasi 34-oyat. Onalarimiz uchun qurilgan birinchi uy Oisha roziyallohu anhoning uylari edi. U kichik bo‘lishiga qaramay Alloh taaloning qiyomatgacha mo‘’jizasi bo‘lib qoladigan samoviy kitobi - Qur’oni Karimning ko‘p oyatlari tushadigan muqaddas makonga aylandi. Shu kichik uyda Payg‘ambar sollollohu vasallamning son-sanoqsiz hadisi shariflari vorid bo‘ldi. Shu kichik uy ko‘plab sahobalarni Islom ta’limotidan bahramand etdi. Bu uy masjidning sharqiy tomonida bo‘lib, eshigi “Ravza” tomoniga qarab ochilar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda e’tikof turganlarida Oisha roziyallohu anho turgan uyga boshlarini uzatib yuvdirar edilar. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bemor bo‘lganlarida ham shu uyni tanladilar. Oisha roziyallohu anho “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening uyimda va bag‘rimda olamdan o‘tganlar”, deb aytar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olamdan o‘tganlarida sahobalar hayratga tushib qoldiar. Umar roziyallohu anhu eshik oldida turib, kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni olamdan o‘tdi desa, uni jazolayman deb turganlarida Abu Bakr roziyallohu anhu uyga kirib, o‘z kiyimlarida yotgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib, yuzlarini ochib, peshonalaridan o‘pib, ota-onam sizga fido bo‘lsin ey Allohning rasuli o‘lim sizga ham yozilgan ekan deb chiqdilar va eshik oldida turib “kim Muhammadga ibodat qilib kelgan bo‘lsa, Muhammad olamdan o‘tdilar. Kim Allohga ibodat qilib kelayotgan bo‘lsa, Alloh tirik o‘lmaydi”, dedilar. So‘ng ushbu oyatni tilovat qildilar. 

 قال اللّه تعالى: وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهِ الرُّسُلُ أَفَإِنْ مَاتَ أَوْ قُتِلَ انْقَلَبْتُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ وَمَنْ يَنْقَلِبْ عَلَى عَقِبَيْهِ فَلَنْ يَضُرَّ اللَّهَ شَيْئًا وَسَيَجْزِي اللَّهُ الشَّاكِرِينَ.

“ Muhammad payg‘ambardir, xolos. Undan oldin ham payg‘ambarlar o‘tgan. Mabodo, u o‘lsa yoki o‘ldirilsa, ortingizni (kufrga) qaytib ketasizmi?! Ortiga qaytgani bilan hech kim Allohga sira zarar yetqaza olmas. Alloh shukr qiluvchilarni, albatta, mukofotlaydi”. Oli Imron 144-oyat.

Umar roziyallohu anhu oyatni eshitgach, buni eshitmagan ekanman dedilar. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni dafn etish masalasi bo‘ldi. Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan har bir payg‘ambar o‘z uyida dafn etilishi hadisni eshitganlarini aytdilar va uylarida dafn etishga kelishdilar. Oisha roziyallohu anho o‘sha uyda yashay boshladilar va orada biror to‘siq yo‘q edi. Abu Bakr roziyallohu anhu olamdan o‘tganlarida istaklariga muvofiq boshlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yelkalari barobariga qo‘yildi. Oralarida biror to‘siq qo‘yilmay Oisha roziyallohu anho “Bu kishi mening erim va bulari mening otam” der edilar. Umar roziyallohu anhu o‘lim yoqasida yotganlarida ikki sohiblari oldida dafn etilishlarini o‘g‘illari Abdulloh orqali izn so‘radilar. Oisha roziyallohu anhoning iznlari bilan Umar roziyallohu anhu olamdan o‘tganlarida Abu Bakr roziyallohu anhuning yelkalari barobarida dafn etildilar. Shundan so‘ng Oisha roziyallohu anho qabr orasiga to‘siq qo‘ydilar. Ulamolarni aytishlaricha o‘sha muborak uyda yana bir bo‘sh joy bo‘lib, unda Iso alayhis salom dafn etilar ekanlar. Imom Termiziy sunanlarida Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhudan: “Tavrotda Iso alayhissalom Payg‘ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam bilan dafn etilishlari yozilgan”, deb aytadilar.

U naqadar fayzli va sharafli uy ekanki, o‘z bag‘rida ulug‘ zot bo‘lgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarni olgan ekan. Mu’min-musulmonlar Madinai Munavvaradagi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu vasallamning muborak masjidlarini ziyorat etar ekanlar, ular uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salom berish baxt va saodatdir. Hadisi sharifda u zot: “Biror kishi menga salom bersa, albatta, Alloh mening ruhimni qaytarib beradi va men o‘sha odamning salomiga alik olaman”, deganlar.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi birgina g‘alaba bilan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Osiyo kubogi pley-off bosqichiga chiqdi

Саудия Арабистони мезбонлик қилаётган ўсмирлар (U-17) ўртасидаги Осиё кубогининг "D" гуруҳида иккинчи тур ўйинлари якунланди.

Mbappening «el-klasiko» oldidan qilgan ishi «Real»ni hayratda qoldirdi

Мадриднинг «Реал» клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе жароҳати сабабли «Барселона»га қарши ўйинни ўтказиб юборди.

Zelenskiy: Putin "nihoyat real uchrashuvlarga tayyor"

Зеленский, шунингдек, эълон қилинган сулҳ вақтида Россия оммавий ракета ва авиация зарбалари бермаганини, бироқ фронтда жанг ҳаракатлари давом этаётганини таъкидлади.

Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi

НУЖ ҳақидаги ҳужжатлар АҚШ президенти Доналд Трампнинг кўрсатмаси билан эълон қилинмоқда, у апрель ойида бу мавзудаги «қизиқарли» маълумотларни ошкор қилишга ваъда берган эди.

AQShning dunyodagi obro‘si Rossiyanikidan ham pastga tushib ketdi

​2026 йилги янгиланган маълумотларга кўра, АҚШнинг глобал имиж кўрсаткичи икки йил олдинги плюс 22 фоиздан минус 16 фоизгача тушган

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.