Rasman! "Manchester Yunayted" yozdagi ilk xaridini amalga oshirdi

Rasman! "Manchester Yunayted" yozdagi ilk xaridini amalga oshirdi

"Feyenoord" himoyachisi Tirell Malasia "Manchester Yunayted"ga o‘tdi.

22 yoshli futbolchi bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Shartnoma yana bir mavsumga uzaytirish variantini o‘z ichiga oladi.

Xabar qilinishicha, "MYu" futbolchining transferi uchun 17 million yevro to‘laydi: 15 million darhol, yana ikki million bonuslar bilan.

Malasia Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida 32 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!