Raqobatga qarshi harakatlar aniqlandi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yurtimizdagi o‘nta yirik kompaniyaga qarshi qonun ishlab chiqdi

Raqobatga qarshi harakatlar aniqlandi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yurtimizdagi o‘nta yirik kompaniyaga qarshi qonun ishlab chiqdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi. Unda aytilishicha, so‘nggi yillarda 1,4 mingdan ortiq raqobatga qarshi harakatlar aniqlandi, shundan 78 foizi davlat organlari va davlat ishtirokidagi kompaniyalarga to‘g‘ri keladi.

Shu munosabat bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi xavfini oldini olish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish, biznesni halol yuritish uchun korporativ standartlarni oshirish vazifasi qo‘yilgan.

Uni raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni ichki ta’minlash tizimini (monopoliyaga qarshi komplayens davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlovchi va uni tashkil qilish tizimiga qaratilgan yagona yondashuv) bosqichma-bosqich joriy etish yo‘li bilan hal qilish taklif etilmoqda:

2020 yil 1 iyundan - davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun, ustav kapitalida davlatga tegishli bo‘lgan 50 yoki undan ortiq foiz aksiyalar holatida majburiy tartibda;

2022 yil 1 yanvardan - xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar bilan bog‘liq yuridik shaxslar uchun, ustav kapitalida davlatga tegishli bo‘lgan 50 yoki undan ortiq foiz aksiyalar holatida, shuningdek ularning sho‘’ba korxonalariga majburiy tartibda.

Xususiy kompaniyalarga esa monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish tavsiya etiladi.

Ro‘yxatda hozircha 10ta shirkat mavjud, ularda ushbu mexanizmni sinov rejimida 2020 yil 1 yanvarga qadar joriy etish taklif etilgan.

Ro‘yxat:

1. Kvars AJ
2. Asaka ATB
3. GM Uzbekistan AJ
4. Olmaliq TMK AJ
5. O‘ztransgaz AJ
6. O‘zpaxtasanoat AJ
7. Issiqlik elektr stansiyalari AJ
8. O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ
9. Mintaqaviy elektr tarmoqlari AJ
10. Qizilqumsement


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!