Raqamli xaritalarni yaratish borasida tajribalar o‘rganilmoqda

Raqamli xaritalarni yaratish borasida tajribalar o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” davlat unitar korxonasi xodimlaridan iborat delegasiya a’zolari amaliy tashrif bilan Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turibdi.

Ushbu tashrif korxona hamda Janubiy Koreyadagi Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik tashabbusi (AFACI), Qishloq taraqqiyot boshqarmasi (RDA) bilan 2023-2026-yillarda “AFACI mamlakatlarida qishloq oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Milliy tuproq axborot tizimini yaratish (Tuproq 2-bosqich)” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Loyihaning asosiy maqsadi Milliy tuproq ma’lumotlar tizimini yaratish asosida mamlakat oziq-ovqat tizimlarini yaxshilash, tuproqni boshqarish strategiyalarini optimallashtirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashdan iborat.

Delegasiya a’zolari Turkiyadagi "ESRI" kompaniyasining mintaqaviy ofisida tashkil etilgan 5 kunlik trening dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda raqamli xaritalarni ishlab chiqib, ularni yaratish borasida tajribalarini oshirish va mustahkamlash ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!