Ramzan Qodirov: "Men sizdan ko‘ra ko‘proq qozoqroqman"

Ramzan Qodirov: "Men sizdan ko‘ra ko‘proq qozoqroqman"

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qozoq xalqi haqida yomon gap aytmaganini ayti, yana videomurojaat qildi.

Oxirgi videomurojaatda Qodirov “Rossiya Qozog‘istonni qutqardi” deya Ukrainadagi voqealar yuzasidan o‘z pozisiyasini bildirishni talab qilgan. Endi Checheniston rahbari provokatorlardan bu mavzuni bo‘rttirmaslikni va qozoq hamda chechen xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushirishga urinmaslikni so‘radi.

“Bu yana menman, yana telefonim bilan. Xayp qiladigan blogerlar meni juda xafa qildi: ular Ramzan qozoq xalqi haqida nimadir dedi, deyishadi. Men sizdan ko‘ra ko‘proq qozoqman. Otam Qozog‘istonda tug‘ilgan. Mening bobom Qozog‘istonda ishlagan. Bobomning ukasi Qozog‘istonda dafn etilgan. Men umrimda Qozog‘iston haqida yomon gap aytmaganman. Men umumiy siyosat haqida gapirgandim”, - dedi Qodirov.

Qodirov qozoq xalqi 1944 yilda chechenlar bilan so‘nggi bir bo‘lak nonni baham ko‘rganini esladi. Shu bois, uning fikricha, “bu mavzuni ko‘paytirib, munosabatlarga putur yetkazmoqchi bo‘lgan” provokatorlarni topish kerak.

“Sobiq SSSRning boshqa xalqlari, jumladan, belaruslar, ukrainlar va boshqalarga nisbatan men bir xil pozisiyaga egaman. Lekin men o‘zimga siyosat va siyosatchilarni tanqid qilishga ruxsat beraman va har doim o‘z fikrimni aytaman. Men aytganlarimdan qandaydir alohida, chuqur yashirin ma’no izlashga urinishning hojati yo‘q”, — dedi Qodirov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!