Ramos Messi bilan o‘ynash u uchun sharaf ekanligini aytdi

Ramos Messi bilan o‘ynash u uchun sharaf ekanligini aytdi

"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos jamoadoshi hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi.

“Messining jamoadoshi bo‘lish men uchun sharafdir. Men uni maqtashim shart emas - u o‘z o‘yini bilan o‘zini maqtayapti. Uning kimligini hamma biladi. Umid qilamanki, u xuddi shu ruhda o‘ynashda davom etadi", - deya Ramosning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Avvalroq, "PSJ" Fransiya Superkubogi-2022 doirasida "Nant"ni 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Neymar dubl qayd etdi, Lionel Messi va Serxio Ramos esa bittadan gol urishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!