Ramazon tuhfasi: Toshkentda 13 ming o‘rinli yangi jome masjidi ochildi

Ramazon tuhfasi: Toshkentda 13 ming o‘rinli yangi jome masjidi ochildi

22 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumani “Islomobod” jome masjidining yangi binosi ochildi.

Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Ramazoni sharif bilan qutlab, bunday ulkan va ko‘rkam barcha qulayliklarga ega masjid bilan tabrikladi.

Ma’lumot berilishicha, uch qavatli “Islomobod” jome masjidi Toshkent shahri Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida joylashgan. 3 qavatli masjid homiylar va saxovotpesha kishilar yordami bilan qad ko‘targan. Qurilish ishlari 2019 yilning oktyabrida boshlangan bo‘lib, masjid xonaqohida 8 ming kishi, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga13 ming namozxonga xizmat ko‘rsata oladi. Tahoratxonasi 150 kishiga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bino ichida ma’muriyat, kutubxona va shu kabi zarur xonalar ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!