Raiffeisen Bank International guruhi Rossiyadagi sho‘ba korxonasi Rayffeisenbankni Sberbank bilan Sberbank Europe aktivlariga almashish imkoniyatini o‘rganmoqda

Raiffeisen Bank International guruhi Rossiyadagi sho‘ba korxonasi Rayffeisenbankni Sberbank bilan Sberbank Europe aktivlariga almashish imkoniyatini o‘rganmoqda

Avstriyaning Raiffeisen Bank International guruhi Rossiyadagi sho‘ba korxonasi Rayffeisenbankni Sberbank bilan Sberbank Europe aktivlariga almashish imkoniyatini o‘rganmoqda, deya xabar beradi Der Standard.

Nashrning yozishicha, bank guruhi rahbari Yoxann Strobl boshchiligidagi Raiffeisen menejerlari «Qizil qush loyihasi» deb nomlangan reja ishlab chiqqan. U Rossiyadagi RBI aktivlariga egalik huquqini Sberbankga o‘tkazishni nazarda tutadi, Avstriya kompaniyasi esa Sberbank Europe aktivlarini oladi.

Ushbu bitim «yashirin barter» sifatida tavsiflanadi. Uni amalga oshirishning sabablari - Yevropa Ittifoqining sanksiyalari va Rossiya hukumati tomonidan valyutani chet elda olib chiqishga qo‘ygan cheklovlar tufayli Sberbankning Yevropadagi aktivlarini sotishdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad ololmasligi, Raiffeisennning Rossiyadagi sho‘’ba korxonasining dividendlaridan foydalanishiga to‘sqinlik qilishidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!