Rahmatulloh domla Sayfuddinov Toshkentdagi «Minor» masjidiga imom-xatib etib tayinlandi

Rahmatulloh domla Sayfuddinov Toshkentdagi «Minor» masjidiga imom-xatib etib tayinlandi

Sayyid Rahmatulloh Termiziy nomi bilan tanilgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov 15 mart kuni Toshkent shahridagi «Minor» masjidi imom-xatibi etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Rahmatulloh domla Sayfuddinov oldin ham “Minor” masjidiga imom-xatiblik qilgan. 2021 yilning oktyabr oyida Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangan domlaga «Minor» masjidi imom-xatibligi ham yuklatilgan edi.

2023 yilning yanvar oyi boshida Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!