Radikal vazir Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi

Radikal vazir Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi

isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir payshanba kuni ertalab bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi. Unga ko‘plab isroillik askarlar hamrohlik qilgan.

Falastin manbalariga ko‘ra, Ben-Gvir muqaddas masjid hovlilari bo‘ylab provokasion sayohat uyushtirgan. isroil askarlari Ben-Gvir tashrifi chog‘ida falastinlik namozxonlarning Al-Aqso masjidiga kirishiga to‘sqinlik qildi.

O‘ta o‘ngchi «Yahudiy kuch» partiyasi rahbari Ben-Gvir isroillik ko‘chmanchilarni Al-Aqso masjidiga bostirib kirishga muntazam ravishda gijgijlashi bilan tanilgan. Bu uning 2022 yil dekabrida vazir etib tayinlanganidan beri ziyoratgohga beshinchi tashrifidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!