Quyoshda bir oy ichida uchinchi bor kuchli chaqnash yuz berdi

Quyoshda bir oy ichida uchinchi bor kuchli chaqnash yuz berdi

Olimlar dushanba kuni Quyoshda eng yuqori – X toifali uchinchi chaqnashni qayd etishdi, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti (Rossiya Federasiyasi).

“29 iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 05:37 da 3764 (S05W04) quyosh dog‘lari guruhidagi rentgen diapazonida 10 daqiqa davom etgan X1.5 chaqnashi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Ilgari X1.2 (14 iyul) va X1.9 (16 iyul) chaqnashlari haqida xabar berilgan edi.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal A0.0 darajasi Yer orbitasidagi 1 kvadrat metr uchun 10 nanovatt radiasiya quvvatiga to‘g‘ri keladi. Keyingi harfga o‘tishda quvvat 10 barobar ortadi. Chaqnashlar odatda quyosh plazmasining emissiyasi bilan birga keladi, bulutlari Yerga yetib kelib, magnit bo‘ronlarini qo‘zg‘atishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!