Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘oziga minglab boshqaruvchisiz kemalarni joylashtirish orqali Tayvanni himoya qilmoqchi

Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘oziga minglab boshqaruvchisiz kemalarni joylashtirish orqali Tayvanni himoya qilmoqchi

Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘oziga minglab boshqaruvchisiz kemalarni joylashtirish orqali Tayvanni materik Xitoy tomonidan ehtimoliy harbiy operasiyadan himoya qiladi. Bu haqda AQShning Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari Samuel Paparo ma’lum qildi.

Paparoning so‘zlariga ko‘ra, agar Xitoy harbiy floti orolga yaqinlashsa, bo‘g‘ozda joylashtirilgan minglab suv usti va suv osti dronlari Xitoy armiyasining hujum harakatlarini qiyinlashtirishi mumkin.

"Qo‘shma Shtatlar 2027 yilgacha javob berishga tayyor bo‘lishi kerak. Chunki XXR shu sanagacha Tayvanga qarshi chora ko‘rish niyati haqida gapirmoqda", — deya qo‘shimcha qildi qo‘mondon.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!