«Islomni qabul qilganimda 29 yoshda edim» – deydi Eronda tashkil etilgan Xalqaro Qur’on musobaqasiga taklif etilgan yaponiyalik Fotima. (Atosko Huosino).
Musobaqaning «Hidoyat topganlar» dasturi mehmoni sifatida qatnashgan Fotima musulmon bo‘lishi tarixini shunday so‘zlab bergan: «AQShda ro‘y bergan 11 sentyabr voqealaridan keyin, dunyodagi barcha OAV Islom diniga nisbatan salbiy munosabatlarni bayon etishni boshladilar. Men ham bir kuzatuvchi sifatida Islom dinini chuqurroq tadqiq eta boshladim. Keyinroq bilsam, aksariyat xalqaro OAV noto‘g‘ri xabar tarqatishayotgan ekan. Bu orada nasroniy amakimning tavsiyasi bilan Injilni o‘rgandim. Keyin Qur’on va Injilni taqqoslab chiqdim. Natijada Qur’oni karimning nuqsonsiz kitob ekanini anglab yetdim. Shu sabab musulmon bo‘ldim».
Fotima (Atosko Huosino) ning musulmon bo‘lishi buddizmga e’tiqod qiluvchi oila a’zolari orasida noroziliklarga sabab bo‘lgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ular ham Fotimaning bu qaroriga, ayniqsa uning ro‘molda yurishiga e’tiroz bildirmay qo‘yganlar.
«Erkinlik tushunchasi uning qanday ta’rif etilishga bog‘liq. Agar botiniy va ma’naviy jihatdan qaraydigan bo‘lsa, muslimaning tashqi qiyofasi bu haqiqiy erkinlikni ifoda etadi», deydi yaponiyalik muslima.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.