Qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosatini Milliy gvardiya amalga oshiradi

Qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosatini Milliy gvardiya amalga oshiradi

“Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–778, 15.06.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga ko‘ra, qo‘riqlash faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

▫️jismoniy shaxslarning hayotini va sog‘lig‘ini tajovuzlardan himoya qilish;
▫️jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini hamda ob’ektlarini tajovuzlardan himoya qilish;
▫️qo‘riqlanadigan ob’ektlar hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish;
▫️yuridik shaxslarning qo‘riqlanadigan ob’ektlarida nazorat o‘tkazish va ob’ektning ichki rejimlarini ta’minlash.

Qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosatini Milliy gvardiya amalga oshiradi.

Qo‘riqlash faoliyatini chet davlatlarning jismoniy shaxslari va tashkilotlari, shu jumladan xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha shartnoma asosida qo‘riqlash faoliyatini Milliy gvardiya amalga oshiradi.

Qonunga muvofiq, qo‘riqlash shartnomasiga muvofiq qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘z harakatlari (harakatsizligi) natijasida qo‘riqlanadigan ob’ektga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplashi shart.

Davlat organlari qo‘riqlash bo‘linmalarining harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda xizmat qurolini qo‘llash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarish uchun xizmat itlaridan foydalanishi mumkin.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!