Qo‘qonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Qo‘qonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 21 noyabr kuni Qo‘qon shahar Amirqulmergan MFY Navbaxor ko‘chasi raqamsiz uyda yashagan, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro S.K. va uning turmush o‘rtog‘i 1974 yilda tug‘ilgan X.K.lar yashash xonadonining yotoqxonasida is gazidan zaxarlanib vafot etgan.

Shifoxona tomonidan taqdim etilgan dastlabki xulosada fuqarolar S.K. va X.K.larning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur xolat yuzasidan tergovga kadar tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!