Qo‘qonda 5 ta yonma-yon uyda yong‘in yuz berdi

Qo‘qonda 5 ta yonma-yon uyda yong‘in yuz berdi

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahar Omonlik ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro M.M. uyining 80 kvadrat metr maydonida tom qismi yongan. Yong‘in tarqalishi oqibatida yana 4 ta uyning tom va ichki qismlari yongan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in qo‘shni xonadonlarga ham tarqalib, Omonlik ko‘chasi 21-uyda yashovchi X.SH. uyining 75 kvadrat metr ichki va tom qismi yongan.

Shuningdek, yong‘in Baynalmilal Jangchilar ko‘chasiga ham o‘tib, 20-uyning 30 kvadrat metr tom qismi, 22-uyning 85 kvadrat metr ichki va tom qismi va 24-uyning 30 kvadrat metr ichki va tom qismini zararlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!