AQSh Davlat departamenti Yaqin Sharq mamlakatlariga qurol savdosini tasdiqladi
AQSh Davlat departamenti Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga qurol-yarog‘ va harbiy tizimlar sotish bo‘yicha bir qator yirik bitimlarni tasdiqladi. Isroil, Qatar, Quvayt va BAA uchun tasdiqlangan shartnomalarning umumiy qiymati 8,6 milliard dollardan oshadi.
Tegishli bildirishnomalar yakuniy tasdiqlash uchun AQSh Kongressiga yuborildi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, eng yirik kelishuvlar to‘plami Qatar uchun mo‘ljallangan. Doha 4,01 milliard dollarlik Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini, shuningdek, 992 million dollarlik APKWS (Advanced Precision Kill Weapon System) boshqariladigan raketalarini sotib olishga ruxsat oldi.
Quvayt 2,5 milliard dollarga baholangan jangovar boshqaruv tizimini sotib olish orqali mudofaa infratuzilmasini modernizasiya qilish niyatida.
Isroil uchun Davlat departamenti 992 million dollarlik APKWS raketa tizimlarini yetkazib berishni ma’qulladi.
Aviasiya zarbalari aniqligini oshirish uchun mo‘ljallangan xuddi shunday qurollarni Birlashgan Arab Amirliklari sotib oladi; ular uchun umumiy shartnoma qiymati 147 million dollarni tashkil etdi.
AQSh Tashqi ishlar vazirligi ushbu bitimlar asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmagan holda ittifoqchilarning milliy xavfsizligini mustahkamlash va mintaqada barqarorlikni saqlashga qaratilganini ta’kidladi.
