Xitoy aholisi qarib bormoqda
Xitoyda keyingi o‘n yil ichida 60 yoshdan oshganlar soni 400 milliondan oshishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan mamlakat rasmiylari aholining qarishi masalasini hal qilish choralarini kuchaytirmoqda, deb xabar beradi Sinxua.
2025 yil oxiriga kelib, Xitoyda 60 yoshdan oshgan 320 milliondan ortiq odam bo‘ladi. Bu mamlakat aholisining taxminan 23 foizini tashkil qiladi.
Hukumat bu masalani hal qilish uchun aniq choralar ko‘rmoqda. Masalan, 2030 yilga kelib, shahar va qishloqlarning kamida 70 foizi qariyalarni parvarishlash muassasalari bilan qamrab olinishi kerak. Shuningdek, qiyin ahvolda qolgan keksa fuqarolarning holidan muntazam xabar olish va ularga g‘amxo‘rlik qilish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilgan. Mutaxassislar aholining qarishi va gender nomutanosibligining asosiy sabablaridan biri sifatida 1970 yillarning oxirlarida joriy etilgan "bitta bola siyosati"ni ta’kidyaptilar. Natijada, mamlakatda tug‘ilish darajasi pasaygan.
Keyinchalik rasmiylar bu cheklovlarni asta-sekin yumshatdilar: 2013 yilda ayrim oilalarga ikkinchi farzand ko‘rishga ruxsat berildi, 2016 yilda esa barcha oilalarga uchinchi farzand ko‘rishga ruxsat berildi. Va 2021 yilda uchinchi farzandga ham ruxsat berildi. Shunga qaramay, tug‘ilish darajasi sezilarli darajada oshmadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy aholisi o‘tgan yili 3,39 million kishiga kamayib, 1,404 milliardga yetdi.
