Qozog‘istonning Jambul viloyati Qo‘rday tumanida 20 aprel tongida yuz bergan avtobus avariyasi oqibatida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘lgani, 13 nafari esa turli darajada tan jarohati olgani, tan jarohati olganlardan to‘qqiz nafari Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyotida O‘zbekistonga olib kelingani haqida avval xabar berilgan edi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi jabrlanuvchilarning ahvoli haqida qo‘shimcha axborot berdi, deb yozmoqda Xushnudbek.uz.
Biz maxsus aviabort bilan yetib borganimizda, qozog‘istonlik shifokorlar tomonidan jarohatlangan hamyurtlarimizga tezkor birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan edi. Shifokorlar guruhi FVV xodimlari bilan jarohatlanganlarni aviabortga chiqargach, bortning o‘zida ularning salomatligi qayta tekshiruvdan o‘tkazildi. Kerakli muolajalar zudlik bilan bajarildi. O‘zbekistonda bizni maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalari kutib oldi va bemorlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazildi , deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Kozim Mahkamov.
Ma’lum bo‘lishicha, jarohatlanganlar orasida qoraqalpog‘istonlik 34 yoshli O‘mirbek Hayitboyevning jarohati ancha og‘ir bo‘lgan. Agar unga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, hayoti xavf ostida qolayotgan edi. Shifokorlarning shoshilinch ravishda urinishlari natijasida O‘mirbekda murakkab jarrohlik operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hozir bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda , deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Hozirda tan jarohati olganlardan yana uch nafari operasiya stoliga olingan.
Vazirlik matbuot xizmati jabrlanuvchilarning so‘zlaridan ham iqtibos keltirgan. Avariyadan ko‘pchiligimiz o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Chunki qattiq qo‘rqqan edik. Shunday paytda kimga xabar berish, kimdan yordam so‘rashni ham bilmay qolar ekansan. Shunda eshitdikki, Prezidentimiz bizni Vatanimizga olib ketish uchun samolyot yuborgan ekanlar. Buni eshitib, hammamiz yig‘lab yubordik , deydi hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanayotgan qashqadaryolik Abbos O‘ljaboyev.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.