Qozog‘istonda shu hafta 42 daraja sovuq bo‘ladi

Qozog‘istonda shu hafta 42 daraja sovuq bo‘ladi

“Qazgidromet” RDK sinoptiklari Qozog‘istonda 7—9 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi, deb xabar beradi Kazinform.

Sovuq shimoli-g‘arbiy antisiklonning kirib kelishi bilan respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, havo harorati keskin pasayadi. Yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) faqat Qozog‘istonning sharqiy va janubiy hududlarida saqlanadi.

“Havo harorati kechasi g‘arbda 10-20, shimoli-g‘arb va shimolda 28-38, respublikaning uzoq shimolida 42, markaz va sharqda 28-33 darajagacha pasayadi, janubda esa -5- 13 daraja sovuq bo‘ladi. Respublika bo‘ylab tuman tushadi, janubda shamol kuchayadi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!