Qozog‘istonda mehnat migrantlari uchun qoidalar yengillashtiriladi

Qozog‘istonda mehnat migrantlari uchun qoidalar yengillashtiriladi

Mehnat migrantlariga 12 oygacha bo‘lgan muddatga ruxsatnoma berish mexanizmi soddalashtiriladi, ruxsatnoma berish va uzaytirishni rad etish uchun asoslar belgilanadi.

Qozog‘istonda mehnat migrantlariga ruxsatnoma berish mexanizmi soddalashtiriladi. Tegishli hujjat qonunlar muhokamasi uchun mo‘ljallangan portalda e’lon qilindi, deb xabar berdi Tengrinews.

Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat migrantlari uchun ruxsatnomalarni berish, uzaytirish va bekor qilish qoidalariga o‘zgartirishlar ishlab chiqqan. Buyruq loyihasining jamoatchilik muhokamasi 3 iyulga qadar davom etadi.

«Hujjatda davlat xizmatlarini elektron hukumat portali, shuningdek, migration.enbek.kz platformasi orqali ko‘rsatish ko‘zda tutilgan, shuningdek, mehnat migranti ish beruvchi o‘zgarganda xabar berish mexanizmini joriy etish taklif qilingan», deyiladi Mehnat vazirligi xabarida.

Shuningdek, loyihada uy xo‘jaligida ishlash uchun ruxsatnoma olishi mumkin bo‘lgan fuqarolar, Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash summalari ko‘rsatilgan.

Qayd qilinishicha, mehnat migrantlariga 12 oygacha bo‘lgan muddatga ruxsatnoma berish mexanizmi soddalashtiriladi, ruxsatnoma berish va uzaytirishni rad etish uchun asoslar belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!