Qozog‘istonda favqulodda holat butunlay bekor qilindi

Qozog‘istonda favqulodda holat butunlay bekor qilindi

Qozog‘istonda tartibsizliklar boshlanganidan keyin joriy qilingan favqulodda holat mamlakatning barcha hududlarida mahalliy vaqt bilan soat 00.00 da (ko‘pchilik viloyatlar uchun seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.00 ga to‘g‘ri keladi) nihoyasiga yetdi.

5 yanvarga o‘tar kechasi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev fuqarolar xavfsizligiga jiddiy va bevosita tahdid tug‘ilishi munosabati bilan jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquq-tartibotni tiklash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida Olma-Ota va Mang‘istau viloyatida 19 yanvar kuni soat 00.00 gacha bo‘lgan muddatga favqulodda holat joriy etilgandi. O‘sha kuni davlat rahbari favqulodda holat tartibini mamlakatning boshqa barcha hududlariga ham uzaytirdi. Qozog‘istonning 17 viloyatidan 10 tasida Toqayev o‘z farmonlari bilan favqulodda holatni muddatidan avval bekor qilgandi.

Bugun esa favqulodda holat butunlay bekor bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!