Qozog‘istonda 6 yoshli bola tomdan yiqilib vafot etdi

Qozog‘istonda 6 yoshli bola tomdan yiqilib vafot etdi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi turar-joy majmuasida plastik qoplamali tom ustiga chiqqan bola yiqilib vafot etdi. Bu haqda “Tengri News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 sentyabr kuni 2017 yilda Atirau shahrida tug‘ilgan bola Olmaota turar-joy majmuasidagi plastik qoplamali tom ustiga chiqqan. Quyosh nuri va sovuq ta’siridan allaqachon sifatini yo‘qotgan qoplama bolaning og‘irligini ko‘tara olmay sinib ketgan va 6 yoshli bola yiqilib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda Olmaota polisiyasi va Bo‘stondiq tumani IIB mazkur hodisa yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlarini davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!